"Metallurg" legioneri bilan xayrlashdi

  • 5 iyul, 2024, 10:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” jamoasi eronlik himoyachisi Rizo Yazdando‘st bilan do‘stona xayrlashdi. Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvidan keyinoq Rizo oilaviy sabablariga ko‘ra klub rahbariyatidan u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish yuzasidan ariza qoldirgandi. 

Tecno

Superliganing 13-turida “Olimpik”ka qarshi uchrashuv arafasida Rizo Yazdando‘st yurtiga qaytib ketganligi sababli "Metallurg"ga yordam bera olmadi. Tez orada uning onasi jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazishi lozim. Shu sababdan ham Yazdando‘st onasi yonida bo‘lishni xoxladi. “Metallurg” futbol klubi rahbariyati Rizo Yazdando‘st bilan bog‘lik vaziyatni o‘rganib chiqdi va futbolchining so‘rovini qondirishga qaror qildi. Tomonlar kelishishgan holda ikki yoqlama shartnomani bekor qilishdi.

Rizo Yazdando‘st 2023 yilning ikkinchi yarmidan bekobodliklar tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida u “Metallurg” tarkibida Superliganing 21 ta uchrashuvida maydonga tushdi.1 ta gol kiritdi. 8 marta sariq kartochka bilan jazolandi. O‘zbekiston Kubogi bahslarida esa 3 ta o‘yinda 114 daqiqa maydonda to‘p surdi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, avvallroq "Metallurg" rahbariyati chernogoriyalik hujumchisi Boban Jorjevich bilan ham xayrlashishgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!