"Metallurg" ishtirokidagi nazorat bahsida yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi

  • 13 fevral, 2022, 12:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Metallurg” jamoasi uchinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safar bekobodliklar to‘rt karra Armaniston chempioni – “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashdi va kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tgan o‘yin taqdirini ikkinchi taym o‘rtasida armanistonliklar tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi  – 0:1.

Tecno

Bekobodliklar darvozaboni Akmal Ortiqov yana uch to‘rt vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi. "Metallurg"da ham gol kiritish imkoniyati bo‘ldi. Biroq vaziyatlardan futbolchilarimiz foydalana olishmadi. Biroz betob bo‘lgan Salamat Quttiboev hamda darvozabonlardan tashqari barcha o‘yinchilarga Luisma Ernandes maydonga tushish imkoniyatini berdi.

“Metallurg”: Akmal Ortiqov, Xudoyshukur Sattorov, Odilbek Abdumajidov, Muhammadali Aliqulov, Farrux Ibrohimov, Ergash Ismoilov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Muhammad Isaev, Fozil Musaev, Shohnazar Norbekov, Zohid Abdullaev.

Zaxira: Aleksandr Lobanov, Hakimxon Alamxonov, Abbos Otaxonov, Abrorbek Toshqo‘ziev, Farhod Bekmurodov, Damir Temirov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboev, Zabixillo O‘rinboev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Jasur Ashurov, Shahzodjon Ne’matjonov.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!