Messining vorisi Manchesterdan topildi
PSJ rahbariyati Lionel Messini yangi bitimga ko‘nlira olmayotgani uchun uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan hujumchi qidirmoqda.
Todofichajes nashrining yozishicha, amaldagi jahon chempioni Parijdan ketsa, klub “Manchester Yunayted” tarbiyalagan to‘purar Markus Reshfordni olib keladi.
25 yoshli hujumchining manchesterliklar bilan shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Hali tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga kelgani yo‘q. PSJ mana shu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.
Reshford ayni paytda 80 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 27 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qildi.



Fikrlar