
Messining tarixiy butsasi qanchaga sotildi?
Christie’s auktsion uyida bir jamoada gol urish bo‘yicha Pelening rekordini yangililagan "Barselona" hujumchisi Lionel Messining butsasi sotildi.
Butsa 144 ming evroga sotildi. Undan tushadigan pullar Barselonadagi Universitet kasalxonasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, Messi Adidas kompaniyasining Nemeziz brendi ostidagi butsalardan foydalanadi.
33 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushdi. Messi ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 34 ta gol hamda 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar