Messining Ronalduga etishiga ancha bor...

  • 10 iyul, 2024, 14:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amerika kubogida ishtirok etayotgan Lionel Messi musobaqaning yarim finalida Kanada terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, argentinaliklarning finalga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi.

Tecno

Bu gol 37 yoshli hujumchini terma jamoalar to‘purarlari reytingida ikkinchi o‘ringa olib chiqdi. Bungacha Messi 108 ta gol bilan eronlik forvard Ali Dayi bilan bir xil ko‘rsatkichga ega edi.

Leo xalqaro miqyosda 109-golini kiritib, Ali Dayini uchinchi pog‘onaga surib qo‘ydi.

Terma jamoada gol urish bo‘yicha yaqqol etakchi 39 yoshli Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliyalik hujumchi o‘z yurti bosh jamoasi safida 130 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Buning uchun Ronalduga 212 ta uchrashuv kerak bo‘ldi.

Lionel Messi esa, 109-golini Argentina terma jamoasidagi 186-o‘yinida kiritdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi Ronalduga etishiga hali ancha bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!