
Messining rejasi fosh bo‘ldi
Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi futbol olamida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi.
Qatardagi jahon chempionatida argentinalik yulduz yoshi o‘tib qolayotganiga qaramay, hali yuqori saviyada o‘ynay olishini isbotlab qo‘ydi.
TyC Sports nashrining taniqli jurnalistlaridan bir Gaston Edul o‘z manbalari orqali Leoning maqsadiga oydinlik kiritdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Messi sakkizinchi marotaba “Oltin to‘p”ni olishni maqsad qilgan. Bu rejasini amalga oshirish uchun Evropada qolishni istayapti. Shuningdek, Leo 2024 yili bo‘ladigan Amerika kubogiga yuqori sport formasida bormoqchi.
Messining yana bir orzusi Chempionlar ligasida g‘olib chiqish bilan bog‘liq.
Shunga qaramay, hali Messi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.
Fikrlar