Messining rejasi aniq bo‘ldi
Lionel Messi Qatar maydonlarida Argentina terma jamoasini jahon chempionatiga aylantirish uchun kurashayotgan bir paytda uning klublar miqyosidagi faoliyati eng ko‘p muhokama uyg‘otayotgan mavzu bo‘lib qolmoqda.
Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Futbolchining o‘zi kelajak faoliyati haqida mundialdan keyin bosh qotirishini aytgan.
Yaqinda Leo yozda AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tib, “Inter Mayami” safiga qo‘shilishi haqida ma’lumot tarqatilgandi.
Sky Sports nashri bu xabarlarni inkor etib, o‘rtaga boshqa versiyani tashladi. Bu nashr jurnalistlari Messi kamida 2024 yilning yarmiga qadar Evropada qolishini aniqlagan. Bundan tashqari, ishlar rejadagidek ketsa, argentinalik yulduz 2025 yilni ham “ko‘hna qit’a”da o‘tkazadi.



Fikrlar