Messining o‘rniga PSJga qaysi futbolchi keladi?

  • 16 may, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Le Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, aynan portugaliyalik futbolchi parijliklar rahbariyati tomonidan argentinalik yulduz Lionel Messining o‘rnini egallashga qodir futbolchi sifatida ko‘rilmoqda. Aytish kerakki, Leoning shartnomasi shu yozda yakuniga etadi va ushbu kelishuv uzaytirilmaydi. Silva bilan esa muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan.

Qayd etilishicha, Frantsiya grandi “Barselona” bilan bo‘ladigan Silva uchun raqobatda ustunlikka ega.

L'Equipe nashrining yozishicha, portugaliyalik futbolchi "Manchester Siti"ni tark etmoqchi va PSJ bilan shartnoma imzolashga tayyor. Bernardu joriy mavsum APLda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!