Messining JCh-2022 da kiygan liboslari auktsionda sotiladi

  • 21 noyabr, 2023, 09:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi hujumchisi Leonel Messining 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida kiygan futbolkalari Nyu-Tsorkdagi Sotheby’s auktsionida sotiladi, deb xabar bermoqda Mail Online.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tushumning bir qismi xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.

Auktsionda hammasi bo‘lib Messining oltita libosi bo‘ladi. Bular: Frantsiya bilan finalning birinchi yarmida, Xorvatiya bilan 1/2 finalda, Niderlandiya bilan 1/4 finalda, Avstraliya bilan 1/8 finalda va uchta guruh bosqichidan ikkitasida kiygan liboslaridir. Ushbu liboslar kamida 10 million dollarga baholanmoqda, final libosi esa 8 million funt sterlingga tushishi kutilmoqda.

Shu tariqa, Messining futbolkalari sport esdalik buyumlarini sotish bo‘yicha rekordni yangilashi mumkin. Hozirgacha eng qimmat savdo Maykl Jordanning “Chicago Bulls” formasi bo‘lib, u 8,1 million funtga sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina JCh-2022 finalida Frantsiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!