
Messining hurmatidan bunday qilolmadim!
Yozda erkin agent sifatida “Barselona” tarkibiga qo‘shilgan Serxio Aguero unga do‘sti Lionel Messining 10-raqamini taklif qilishganini ma’lum qildi.
Ular menga bu raqamni olishni taklif qilishdi, biroq men Messiga bo‘lgan hurmatim tufayli uni rad etdim, - dedi argentinalik hujumchi.
“Manchester Siti”da 10-raqamda o‘ynagan Aguero yangi jamoasida 19-raqam ostida to‘p tepadi.
“Barselona” rahbariyati 10-raqamni yaqin kelajakda jamoa etakchisi bo‘lishi kutilayotgan klub tarbiyalanuvchisi Ansu Fatiga taqdim etdi.
Fikrlar