Messining gapi “Real” muxlislarini “jumbush”ga keltirdi

  • 7 iyun, 2024, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir davrlar “Barselona”ning etakchisi sifatida “Real” ishqibozlarining eng yomon ko‘rgan futbolchisi bo‘lgan Lionel Messi bir gap bilan fanatlar mehrini qozondi.

Tecno

Gap shundaki, argentinalik yulduz “Real”ni ayni paytda eng kuchli jamoa ekanini tan oldi.

- Eng zo‘r jamoa – bu “Real”, chunki bu jamoa Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi. Ular o‘tgan mavsumda ham Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan “Manchester Siti” kabi eng zo‘r jamoa bo‘lgandi.

O‘yin borasida esa, shaxsan menga Pep Gvardiol boshqaruvidagi “Manchester Siti” yoqadi. Gvardiola qaysi jamoani shug‘ullantirishidan qat’i nazar, unga o‘zining futbol uslubini singdira oladi.

Shuning uchun ham futbol darajasi bo‘yicha eng yaxshi jamoa “Manchester Siti”, natijalarga ko‘ra, eng zo‘ri “Real”, - dedi Lionel Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!