
Messini ko‘ndira olmagan Saudiya klubi "Napoli" to‘purariga fantastik maosh taklif qilmoqda
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen bilan ehtimoliy transferni muhokama qilmoqda.
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, saudiyaliklar 24 yoshli nigeriyalik hujumchiga haftasiga 1 million funt (deyarli 1,17 million evro) maosh taklif qilishgan. Italiya chempioniga esa 140 million evro to‘lashga tayyor, ammo neapolliklar 150 milliongacha bo‘lgan takliflarni ham ko‘rib chiqmoqchi emas.
Oldinroq "Al-Hilol" "Napoli"ga yangi taklif bilan chiqishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar