Messiga Yamalni taqqoslamang, undan zo‘ri bor!

  • 20 dekabr, 2024, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning sobiq sardori Karles Puyol kataloniyaliklarning yosh futbolchilari Lamin Yamal va Pau Kubarsi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Yamal shundoq ham maksimal darajada bosim ostida qolib ketdi. Shu bois, unga Leo Messi bilan solishtirilgan yorliqni yopishtirmaylik. Messi qilgan va hozir qilayotgan ishlar aqlbovar qilmas narsalardir. Boshqa bunaqa o‘yinchini ko‘rmasak kerak.

Kubarsi haqida nima deyish mumkin? U serqirra o‘yinchi, to‘p bilan mukammal ishlaydi. Bu borada u mendan ko‘ra ko‘proq Jerar Pikega o‘xshaydi.

Pau juda aqlli himoyalanadi, kurashishni xush ko‘radi va doim diqqatini o‘z ishiga jamlay oladi. Bu yoshda xotirjamlikni saqlab o‘ynash juda mushkul, - dedi Puyol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!