Messiga Mozambik bolalari matodan yasagan to‘pni sovg‘a qilishdi. Bu mukofot Rim papasining aktsiyasi

  • 3 sentabr, 2019, 01:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Amerika kubogi-2019 yakunlariga ko‘ra, Rim papasi Frentsiska tomonidan ta’sis etilgan mukofotga sazovor bo‘ldi.

Tecno

32 yoshli argentinalikga Mozambik bolalari matodan yasagan to‘pni sov’ga qilishdi. U butun dunyo bo‘ylab bolalar o‘ynaydigan eng toza futbol turining timsolidir.

Rim papasining mukofoti ushbu sohada qilingan harakatlar, birdamlik, halollik, hurmat va jamoaviylik ruhini anglatadi.

Sovrin g‘olibi Rim papasining aktsiyasi homiyligida bo‘lib o‘tadi. O‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida ovoz berish orqali tanlanadi. Umuman olganda, fond dunyoning 191 mamlakatidagi 500 mingdan ortiq ta’lim muassasalarini birlashtirgan.

Messi 34,28% ovoz olib, ikki perulik Edison Flores (15,56%) va Pedro Galese (11.28%) dan ustun keldi. Braziliya terma jamoasi sardori Dani Alves (10,5%) to‘rtinchi o‘rin bo‘ldi.

Bolalar Messining kamtarligini, jamoa uchun o‘zini qurbon qilishga tayyorligini va sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!