
Messi zo‘rmi yoki Ronaldu? Italiya afsonasi bunga javob berdi
Italiyalik afsonaviy murabbiy Marchello Lippi zamonamizning ikki mashhur hujumchisi - Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida gapirdi.
“So‘nggi 20 yillikni oladigan bo‘lsak, Ronaldu va Messi bir xil darajada. Xuddi Pele va Maradonadek. Ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmaydi”, - deydi Lippi.
32 yoshli Messi 6 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. 35 yoshli Ronalduda esa bu sovrin 5 tani tashkil qiladi.
Fikrlar