
Messi yo‘q, kubok yo‘q! "Inter Mayami" finalda mag‘lub bo‘ldi
"US Open Cup" finalidan o‘rin olgan "Inter Mayami" - "Xyuston Dinamo" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. O‘yinda Texasliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 24-daqiqada Dorsi hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Bassi penaltini aniq amalga oshirdi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Martines oradagi farqni qisqartirdi. Mazkur to‘qnashuvni Messi va Alba jarohat sabab o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa, "Xyuston Dinamo" mayamiliklarni mag‘lub qilib, turnir g‘olibiga aylandi.
Fikrlar