
Messi xalqaro faoliyatini qachon yakunlanishini aytdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi xalqaro faoliyatini qachon yakunlashni rejalashtirayotganini aytdi.
- To‘g‘risini aytsam, hozircha buni aniq bilmayman. Lekin terma jamoadan ketadigan vaqtim kelishi aniq. Keyin paytda o‘zim istagan narsalarning barchasiga erishdim. Bundan buyog‘iga terma jamoada zavq olish uchun o‘ynayman.
Terma jamoadan qachon ketishim kerakligini Xudoning o‘zi ko‘rsatadi. Bu tez orada yuz berishiga aminman. Yoshimni inobatga olganda bu mantiqan to‘g‘ri.
Terma jamoa bilan birga murakkab yo‘lni bosib o‘tdik. Jahon chempionati va Amerika kubogida g‘olib chiqishni uddaladik, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar