
Messi va "Barselona"ning aksariyat futbolchilari Vidalning sotib yuborilishiga qarshi chiqishyapti
"Barselona" klubi forvardi Lionel Messi chililik jamoadoshi Arturo Vidalning sotib yuborilishiga qarshi chiqmoqda.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nafaqat Messi, balki, jamoaning ko‘plab a’zolari ham Vidalning ketishiga qarshi bo‘lishmoqda. Ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytlarda Vidalning bosh murabbiy Ernesto Valverde bilan munosabatlari ancha yomonlashgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Vidalning “Inter”ga o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Vidal joriy mavsum “Barselona” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar