Messi uyiga hujum qilganlardan katta pul talab qilyapti

  • 19 avgust, 2024, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda bir guruh ekofaollar mashhur futbolchi Lionel Messining Ibitsa shahridagi uyiga bo‘yoq to‘kib ketgan edi.

Tecno

“Inter Mayami” hujumchisi shaxsiy mulkiga etkazilgan zararni qoplash uchun ekofaollar tashkilotidan 50 ming evro talab qilmoqda.

El Español nashrining yozishicha, bu aktsiyani uyushtirishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan ekotashkilot talab qilinayotgan summa etkazilgan zarar miqdoridan ancha katta ekanini iddao qilmoqda.

Sud jarayonida Messining huquqshunoslari qarama-qarshi tomonni jinoiy xatti-harakatlarni uyushtirishda aybladi.

Ekologik tashkilot matbuot kotibi Bilbao Bassaterra agar Messining uyini to‘liq qayta bo‘yob chiqilsa ham, xarajatlar 50 ming evroga etmasligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!