Messi qaytgani uchun Grizmann ketadi. Unga xaridor ko‘p

  • 7 sentabr, 2020, 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Messining Kataloniyada qolishi Antuan Grizmanning rejalarini o‘zgartirib yubordi. Argentinalik hujumchining ketishiga ishongan Ronald Kuman frantsiyalik futbolchiga yangi mavsumda etakchilik mavqeini bermoqchi ekanini bildirgan edi.

Tecno

Klub rahbariyati Messidan tashqari Filippe Koutinoni ham olib qolishga qaror qilganidan keyin Grizmann umidsizlikka tushib qoldi. Antuan "Atletiko"dan “Barselona”ga o‘tganidan keyin aynan Messi uni qo‘llab-quvvatlamagani uchun kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmagan edi.

Ayni kuchga to‘lgan frantsiyalik to‘purarning hozir bozori chaqqon. Grizmannga “Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” joriy transferlar mavsumida o‘z safiga ko‘chib o‘tishni taklif qilmoqda va ular asosiy tarkibdan muqim joy berishga tayyor.

Ayniqsa, “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni ololmagan "Manchester Yunayted" rahbariyati Grizmanni qo‘lga kiritishni asosiy maqsad qilib belgiladi.

29 yoshli hujumchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!