Messi qachondan PSJga yordam berishni boshlaydi?

  • 14 avgust, 2021, 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubining yangi a’zosi Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan "Strasbur"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

Le Parisien nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 34 yoshli argentinalik futbolchi endigina mashg‘ulotlarni boshlagan va u 29 avgustga qadar o‘z sport formasini tiklab oladi.

Shu tariqa Leo Frantsiyalik chempionatining 4-turidan o‘rin olgan “Reyms”ga qarshi o‘yinda PSJga yordam berishi mumkin.

"Strasbu"ga qarshi o‘yinda koronavirusdan sog‘aygan Idrissa Guye maydonga tushishi mumkin. Ammo Neymar, Anxel Di Mariya, Marko Verratti va Janluiji Donnarumma kabi futbolchilarning ushbu bahsda ishtirok etishi borasida yakuniy qaror e’lon qilinmagan.

PSJ va "Strasbur" jamoalari uchrashuvi 14 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!