Messi PSJdan “Barsa”dagi sherigini olib kelishni talab qilmoqda

  • 8 yanvar, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messining klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Argentinalik jahon chempioni hamkorlikni uzaytiradigan ko‘rinadi.

Tecno

El Nacional nashrining yozishicha, Messi parijliklardan “Barselona”da o‘zi bilan birga o‘ynagan Jordi Albani olib kelishni so‘ramoqda.

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes tarkibni yoshartirish siyosatini davom ettirmoqda. Shu bois, kataloniyaliklar tajribali o‘yinchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Mart oyida Jordi Alba 34 yoshni qarshi oladi. Bu o‘yinchi “Barselona” safida jami 443 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol va 96 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!