
Messi “Oltin to‘p”ni olganidan keyin Ronaldu haqida gapirdi
Faoliyati davomida sakkizinchi marotaba “Oltin to‘p” sohibiga aylangan Lional Messi uzoq yillardan beri raqobatlashib kelayotgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
- Krishtianu Ronaldu bilan raqobatimiz sport jihatidan buyuk to‘qnashuv edi. Biz bu raqobatdan ilhom olardik, chunki ikkalamiz ham kurashishni yaxshi ko‘ramiz. U ham har doim g‘olib chiqishni istaydi.
Bu ikkimizga ham, futbolni yaxshi ko‘radiganlar uchun ham juda yoqimli davrlar edi. O‘ylashimcha, biz cho‘qqiga ko‘tarilib, o‘sha erda uzoq turishga loyiq bo‘ldik. Cho‘qqiga etishish oson, lekin u erda qolish juda qiyin. Ronaldu ikkimiz eng yuqorida 10-15 yil tura oldik.
Raqobatimiz bizning faoliyatimizni kuzatib borganlarning barchasi uchun ajoyib xotiralar bo‘lib qoladi, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar