
Messi Olimpiadada ishtirok etishi mumkin
Tyago Almada Messining Olimpiadada ishtirok etishidan umid qilmoqda.
Argentina U-23 terma jamoasi saralash turnirida Braziliyani mag‘lub etib, Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
"Jamoa va murabbiylar shtabi uchun juda xursandman. Ular bunga loyiq. Biz butun turnir davomida yaxshiroq ekanligimizni ko‘rsatdik va har doim raqibimizdan ustun keldik. Olimpiada oldidan imkoniyatimizni yana ham yaxshilab olish uchun imkoniyatimiz bor.
Umid qilamanki, Messi Olimpiadada qatnashishga tayyor va qodir. Agar Leo kelsa, men albatta unga albatta sardorlik bog‘ichini beraman", - dedi "Atlanta Yunayted" futbolchisi.
Fikrlar