
Messi nega aynan AQSh klubiga o‘tishni tanlagani ma’lum bo‘ldi
Lionel Messi "Inter Mayami"ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Argentinalik futbolchi MLS klubi bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi.
Messini AQShda ham nom qoldirish imkoniyati o‘ziga tortgan. Bundan tashqari, uning oilasi Floridada yashashni afzal ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, “Inter Mayami”ga o‘tgandan so‘ng, hujumchi MLS o‘yinlarining asosiy translyatori hisoblangan Apple bilan istiqbolli shartnoma tuzadi.
Ayni damda Messi 2026 yil AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni va jahon chempionligini himoya qilishni rejalashtirgan.
Ta’kidlash kerakki, Messining MLS klubiga o‘tishi uning qachondir Saudiya Arabistoni jamoasida o‘ynashini istisno etmaydi. Futbolchining vakillari ushbu mamlakat klubiga kelajakda muzokaralarni qaytadan ko‘rib chiqish ehtimoli mavjudligini ma’lum qilishgan.
Fikrlar