Messi muxlislariga xushxabar!

  • 19 aprel, 2021, 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messining “Barselona” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Argentinalik yulduz yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni o‘tgan yili yozda to‘xtatib qo‘ygan edi. Hamon uning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Tecno

Biroq, “Barselona” muxlislariga yaxshi yangilik paydo bo‘ldi. Leoning otasi Xorxe Messi “Barselona” klubi xo‘jayinlari bilan uchrashuvga rozilik berdi. Suhbat yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida bo‘ladi.

Uchrashuvda “Barselona”ning yangi prezidenti Joan Laporta shaxsan ishtirok etadi. Ular yangi shartnoma shartlarini muhokama qilib oladi. Avvalroq, klub rahbariyati argentinalik futbolchiga yangi kelishuv taqdim qilsa, Messining maoshi pasaytirilishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Messining o‘zi bir muddat oldin, klub xo‘jayinlaridan nufuzli musobaqalarda bosh sovrin uchun kurashishga qodir jamoa shakllantirish bo‘yicha loyiha taqdim qilishni so‘ragan edi.

“Barselona” etakchisi joriy mavsumda primerada 28 ta uchrashuvda 23 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!