
Messi: Mening joyim o‘sha erda
Lionel Messi faoliyatini yakunlagach, Barselonada yashashni istaydi. Bu haqda futbolchining oilasiga yaqin bo‘lgan argentinalik jurnalist Yanina Latorre xabar berdi.
"Men undan Mayamida qolmaysizmi, deb so‘radim. U esa: "Yo‘q, yo‘q. Mening joyim o‘sha erda", deya javob berdi.
U faoliyatini yakunlagach, o‘zini doim baxtli his qilgan shahri, Barselonaga qaytishini aytdi", - dedi Latorre "La Nacion" nashriga bergan intervyusida.
Bilasiz, Messi faoliyatining katta qismini, ya’ni 2003 yildan to 2021 yilgacha bo‘lgan muddatni "Barselona" safida o‘tkazgan.
Fikrlar