
Messi Mbappe haqida qattiq gapirdi
AQShning “Inter Mayami” klubi tarixidagi eng mashhur yulduz Lionel Messi “Real” hujumchisi Kilian Mbappe haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Mbappe 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. 2022 yilgi mundial finalida penaltilar seriyasini qo‘shib hisoblaganda bizning darvozasimizga to‘rtta gol urdi, lekin chempion bo‘la olmadi. Bu aqlga sig‘maydigan narsan.
Men huddi shu holatga 2014 yilgi jahon chempionatida duch kelganman. Bu azob. Hozirgacha ortga qarab, “Axir men ikki karra jahon chempioni bo‘lishim mumkin edi”, deb o‘ylab qolaman, - dedi Lionel Messi.
Messi 2021 yili “Barselona”ni tark etganidan keyin PSJga borib qo‘shildi. Bu jamoa tarkibida Kilian Mbappe bilan birga ikki mavsum davomida to‘p tepdi.
Fikrlar