
Messi kelsa ham, bu jamoani qutqara olmaydi!
“Liverpul” sobiq hujumchisi Maykl Ouen jamoada kuzatilayotgan pasayishga munosabat bildirdi. Taniqli futbolchi zo‘r o‘yinchilarning olib kelinishi ham muammoga echim bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.
- Ochig‘ini aytsam, jamoaning yangi o‘yinchisi Kodi Gakpoga rahmim kelyapti. Chunki u o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ygan va tinimsiz quyiga sho‘ng‘iyotgan jamoaga keldi. Avvalgi “Liverpul”dan asar ham qolmadi.
Menimcha, Lionel Messi kelsa ham, hozirgi “Liverpul”da o‘zini ko‘rsata olmaydi, - dedi Maykl Ouen.
Yurgen Klopp shogirdlari ayni paytda musobaqa jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa katta ehtimol bilan kelasi yili Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmaydi.
Fikrlar