Messi “Inter Mayami”ga “Barsa”da birga o‘ynagan futbolchini chaqirdi

  • 9 noyabr, 2023, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” o‘z safiga Evropa futbolida porlagan o‘yinchilardan yana birini qo‘shib olish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Tribal Football nashrining ma’lum qilishicha, bu jamoaga “Sevilya”da o‘ynayotgan Ivan Rakitich kelishi kutilyapti. Xorvatiyalik futbolchini “Inter Mayami”ga u bilan “Barsa”da birga o‘ynagan Lionel Messi tavsiya qildi.

Rakitich “Sevilya”da 2020 yildan beri to‘p tepyapti. Uning andalusiyaliklar bilan kelishuvi mavsum oxirida tugaydi.

35 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda o‘n marta maydonga tushib, o‘z hisobiga bittadan gol va assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!