Messi: "Ikki muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborishimdan afsusdaman"

  • 18 mart, 13:27
  • Bilolbek Imomov
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Gap shundaki, Lionel Messi so‘nggi kunlarda kichik jarohat olib. terma jamoasiga yordam bera olmasligi oydinlashdi. Ushbu vaziyatga futbolchining shaxsan o‘zi fikrini bildirib o‘tdi.

"Milliy terma jamoam bilan Urugvay va Braziliyaga qarshi ikkita muhim o‘yinni o‘tkazib yuborishimdan afsusdaman. Har doimgidek u erda bo‘lishni xohlardim, lekin so‘nggi daqiqada jiddiy bo‘lmagan jarohat oldim. Shu bois, bir muddat o‘yindan uzoqlashishga majbur bo‘ldim. Shu sababdan men bu musobaqalarda qatnasha olmayman. Biroq, har doim shu erdan turib jamoamni qo‘llab-quvvatlayman" - deya xabar qoldirdi argentinalik yulduz o‘z instagram tarmog‘ida. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Argentina 22 mart kuni Urugvay bilan kuch sinashsa, 26 mart kuni Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
xoshimov
19/03/2025 23:35
CR7 ikkalasi goatlar
&
xoshimov
19/03/2025 23:34
Oxirgi o'yinlarini otkazayotgani achinarli
&
xoshimov
19/03/2025 23:34
Ronaldo muxlisi sifatida xafa boldim