Messi golini nega mashhur sportchiga bag‘ishladi?

  • 30 mart, 15:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MLS navbatdagi turida Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” o‘z maydonida “Filadelfiya Yunayted” jamoasini qabul qilib, katta qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuv qahramoni argentinalik yulduzning o‘zi bo‘ldi. 55-daqiqada maydonga tushgan Messi oradan ikki daqiqa o‘tib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va aynan mana shu aniq zarba jamoa g‘alabasini ta’minladi.

Messi golni nishonlash chog‘ida maydonda tennis harakatlarini amalga oshirdi. Bu bejiz emas, albatta. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi bu taqlid nishonlash orqali golini serbiyalik mashhur tennischi Novak Jokovichga bag‘ishladi.

Ma’lumki, bu uchrashuv oldidan Lionel Messi Mayamidagi nufuzli tennis turniriga borib, Novak Jokovich va Grigor Dmitrov o‘rtasidagi yarim final uchrashvini tomosha qilgan va serbiyalik raketka ustasi bilan uchrashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!