
Messi: Dunyoning eng yaxshi 11 futbolchisi qatoriga kirish men uchun katta sharaf!
"Barselona" forvardi Lionel Messi France Football nashri talqiniga ko‘ra, tarixdagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatiga kirgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Dunyoning eng yaxshi 11 futbolchisi qatoriga kirish men uchun katta sharaf! Ovoz bergan hakamlar hay’atidan minnatdorman. Barcha tanlangan futbolchilar va nomzodlarni tabriklayman. Ro‘yxat aqlbovar qilmaydigan nomlarga to‘la”, - deb yozdi Messi instagramdagi sahifasida.
France Football nashri 140 ta jurnalist o‘rtasida ovoz berish yo‘li orqali barcha davrlarning eng yaxshi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Tarkib esa quyidagicha ko‘rinish oldi: Lev Yashin — Paolo Maldini, Frants Bekkenbauer, Kafu — Xavi, Lotar Matteus, Pele, Diego Maradona — Krishtianu Ronaldu, Ronaldo, Lionel Messi.
Fikrlar