
Messi bugun yana bir medalni qabul qilib oladi
Jo Bayden Lionel Messiga Prezident Ozodlik medalini topshiradi. Bu haqda "CBS Sports" xabar berdi.
Oq uy "Inter Mayami" tarkibida to‘p tepayotgan argentinalikning xayriya faoliyatini e’tirof etib, unga mukofot berishga qaror qildi.
" Messi o‘z jamg‘armasi orqali butun dunyo bo‘ylab bolalar uchun sog‘liqni saqlash va ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydi va YuNISEFning yaxshi niyat elchisi hisoblanadi" - deyiladi Oq uy xabarida.
Ma’lumot uchun, taqdirlash marosimi bugun bo‘lib o‘tadi. Prezidentning Ozodlik medali AQShning ikki oliy mukofotlaridan biridir.
Fikrlar