“Messi bizga kerak emas!”

  • 2 sentabr, 2020, 14:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ga qarshi bosh ko‘targan Lionel Messini olishga qiziqish bildirgan “Manchester Yunayted” ham argentinalik yulduzdan yuz o‘girdi.

Tecno

Xususan, Sulsherning jamoasi uchun o‘ta muhim ahamiyatga kasb etadigan muxlislar bu transferga qarshi chiqmoqda.

- Biz Messini olishga ehtiyoj yo‘q, deb hisoblaymiz. Bizga yosh iste’dod sohiblari kerak. Messi “Manchester Yunayted” uchun qarilik qiladi. Bizga yaqin besh yilda jamoaga katta yordam bera oladigan futbolchi kerak. Messi esa kerak emas, - deb muxlislarning pozitsiyasini bildirdi ularning etakchilaridan biri.

Avvalroq, Messiga birinchilardan bo‘lib og‘iz solgan “Inter” rahbariyati ham argentinalik hujumchini olish masalasi ko‘rib chiqilmasligini bildirgandi. Hozircha, unga faqatgina PSJ qiziqishini saqlab qolgan.

“Inter” Messi va Vidal o‘rniga boshqa “qariya”ni oladigan bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!