Messi bir urinishda Ronaldu va Pelega etib oldi

  • 20 dekabr, 2020, 05:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 13-turida "Valensiya" darvozasini (2:2) ishg‘ol qildi.

Tecno

Messi birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltini aniq amalga oshira olmadi, biroq darvozabondan qaytgan to‘pni jamoadoshidan qabul qilib oldi va ochiq qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Bu Leoning "Barselona"dagi 643 goli bo‘ldi va bir klubda gol urish bo‘yicha Pelening natijasiga etib oldi.

Shuningdek, Messi La Ligadagi o‘zining 72-penaltisini amalga oshirdi va 11 metrli jarima to‘pi tepish bo‘yicha 2009-2018 yillarda "Real" safida to‘p surgan Krishtianu Ronalduning natijasini takrorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!