Messi 2020 yili eng ko‘p daromad ko‘rgan futbolchi bo‘ldi, Ronalduchi? (Top-10)

  • 15 sentabr, 2020, 02:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Forbes jurnali 2020 yili eng ko‘p daromad ko‘rgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ushu ro‘yxatda "Barselona" hujumchisi Lionel Messi birinchi o‘rinni egalladi.

Tecno

Argentinalik forvard 126 mln dollar ishlab topdi. Ularning 92 millioni ish haqi bo‘lsa, yana 34 millioni reklamalardan tushgan daromadlardir.

Ikkinchi pog‘ona "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi. U 117 mln dollar ishlab topdi, shundan 70 millioni maosh bo‘lsa, qolgani reklama daromadi hisoblanadi.

Keyingi o‘rinlarga PSJ forvardlari Neymar (96 mln) va Kilian Mbappe (42 mln) sazovor bo‘ldi.

2020 yilning eng boy top-10 futbolchilari:

1. Lionel Messi ("Barselona") – 126 mln dollar;

2. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") – 117 mln;

3. Neymar (PSJ) – 96 mln;

4. Kilian Mbappe (PSJ) – 42 mln;

5. Muhammad Saloh ("Liverpul") – 37 mln;

6. Pol Pogba (MYu) – 34 mln;

7. Antuan Grizmann ("Barselona") – 33 mln;

8. Garet Beyl ("Real") – 29 mln;

9. Robert Levandovski ("Bavariya") – 28 mln;

10. David De Xea (MYu) – 27 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!