Merab Dvalishvili Pyotr Yanning chorloviga javob qaytardi

  • 24 noyabr, 2024, 15:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Kecha, 23 noyabr kuni Xitoyning Makao shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC Fight Night 248" turnirida Pyotr Yan Deyvison Figeyreduni mag‘lub etdi. Shundan so‘ng rossiyalik jangchi amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvilini revansh o‘tkazishga chaqirdi. Bugun esa gruziyalik sportchi Yanning chorloviga munosabat bildirdi.

Tecno

"Ajoyib jang qildingiz, Pyotr. Chaqiruvingiz hurmat qilaman. Vanihoyat, 8 mart kuni "T-Mobile Arena"da sizni kutaman. Lekin hech ham umid qilmang, kamarimni berib qo‘ymayman", - deb yozadi gruzin X(sobiq Twitter)da.

Eslatib o‘tamiz,  Dvalishvili va Yan o‘rtasidagi birinchi jang o‘tgan yilning mart oyida o‘tkazilgan va o‘shanda gruziyalik MMA ustasi ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!