Meni o‘z jamoangizga olib keting!

  • 24 aprel, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning eng mashhur futbolchilaridan Kevin de Bryuyne joriy mavsum yakunlanishi bilan hozirgi jamoasini tark etishi hal bo‘lgan masala hisoblanadi.

Tecno

Belgiyalik futbolchi qaysi jamoaga o‘tishi hozircha ma’lum emas. 33 yoshli pleymeyker yangi takliflarni qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi.

- Hozircha, nima bo‘lishini bilmayman. Agar biror jamoa vakillari kelib, meni ularda yaxshi sport loyihasi borligiga ishontira olsa, u qanday klub bo‘lishidan qat’i nazar, taklifni ko‘rib chiqishga tayyorman. Men hamon futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman, - dedi Kevin de Bryuyne.

Xosep Gvardiola jamoasining asosiy pleymeykeri 2015 yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Kevin joriy mavsum 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol va sakkizta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!