
Meni Messi bilan taqqoslash ahmoqlik!
“Barselona” yarim himoyachisi Pedri Evropa ligasi nimchorak finali javob uchrashuvida “Galatasaroy” darvozasiga supergol urdi. Jurnalistlar iste’dodli futbolchini “Barsa” afsonasi Lionel Messi bilan taqqosladi. Pedri esa bunga e’tiroz bildirdi.
- Messi bundan ancha zo‘r gollarni urgan. Meni Leo bilan taqqoslash ahmoqlik. Hammasi maydonda hal bo‘ladi. Bu gal omadim chopdi, - dedi Pedri jurnalistlarga.
“Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Galatasaroy” to‘sig‘idan o‘tib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Pedri joriy mavsumda kataloniyaliklar safida jami 17 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga uchta to‘p kiritib, bitta golli pas uzatdi.
Fikrlar