
Meni “Barsa” yoki “Real”ga olinglar!
O‘tgan mavsum “Bayer”ning ilk bor Germaniya chempioni bo‘lishida muhim rol o‘ynagan mahoratli himoyachi Jeremi Frimpong jamoasini qudratli klublarga alishtirishga tayyor ekanini bildirdi.
Frimpong o‘ng qanot himoyachisi xizmatlariga ehtiyoj sezayotgan ispan grandlari – “Real” va “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga roziligini aytdi.
Gollandiyalik futbolchining shartnomasida uni 40 million evroga olish mumkinligi haqida band kiritilgan. Ekspertlar bu summa kataloniyaliklarni ham, madridliklarni ham qoniqtirishi mumkinligini ta’kidlayapti.
24 yoshli Frimpong aslida “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Shaharliklar” asosiy tarkibga kira olmagan o‘yinchini 2019 yili 380 ming evro evaziga “Seltik”ka sotib yuboradi.
“Bayer” Frimpongning iste’dodini payqab, 2021 yili uni 11 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar