
Menga Ronalduning raqami kerakmas!
“Real”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan Jud Bellingemga klub rahbariyati 7-raqam berilishini ma’lum qilgan.
Madrid klubida bu raqam alohida ahamiyatga ega. Bu raqam ostida uzoq yillar davomida jamoa etakchilari – Raul Gonsales va Krishtianu Ronaldu to‘p tepgan.
Diario AS nashrining ma’lum qilishicha, 19 yoshli angliyalik futbolchi klub afsonalari raqamini olishni istamagan. Bellingem “Real”da ham o‘zi yoqtirgan 22-raqamda o‘ynashni ma’qul ko‘rishini bildirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Jud Bellingemning transferi madridliklarga turli bonuslarsiz 103 million evroga tushdi.
Fikrlar