
Men superyulduz bo‘lishni istamayman!
“Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezus “kanonirlar” safiga superyulduz bo‘lish uchun o‘tmaganini ta’kidladi.
Londonliklar braziliyalik hujumchi transferi uchun “shaharliklar”ga 45 million funt to‘ladi.
Gabriel Jezusga yangi jamoasi safida ilk golini kiritish uchun bir yarim daqiqa kifoya qildi. 25 yoshli forvard “kanonirlar”ning “Nyurnburg” jamoasiga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvida ikkita gol urishga erishdi.
- Superyulduzga aylanmoqchi emasman. Men futbol o‘ynab, maydonda jamoadoshlarimga yordam berishni istayman. Biz maydon tashqarisida ham ahil bo‘lishimiz talab etiladi. Men bu jamoa bilan birga g‘olib bo‘lishni istayman, - dedi Gabriel Jezus.
Fikrlar