
Meliqo‘zievning raqibi haqida mashhur ring anonseri fikr bildirdi
Toshkent vaqti bilan 19 iyundan 20 iyunga o‘tar kechasi soat 00:30 dan DAZN platformasi Golden Boy kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan boks kechasi translatsiyasini boshlaydi. Ikkinchi asosiy jangda super o‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev WBA Continental Americas va WBO Intercontinental kamarlari uchun 12 raundlik jangda amerikalik ancha tajribali bokschi Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tariladi.
Rosado faoliyati davomida 39 ta jang o‘tkazib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut). Shu bilan birgalikda, uning hisobida 1 durang ham bor. Rosadoning mag‘lubiyatlari soni 13 tani tashkil qilsa-da, Gennadiy Golovkin, Jermal Charlo, Deniel Jeykobs kabi yuqori darajadagi bokschilarga qarshi jangda imkoniyatni boy bergandi. Boks oqshomi O‘zbekiston hududida efirga uzatilmaydi.
Jang oldidan mashhur ring anonser Maykl Baffer Rosado haqida fikr bildirdi.
"Rosadoni statistikasini unuting, u ringga ko‘tariladimi bu JANG bo‘ladi", - deya Baffer o‘zining tvitter sahifasida izoh qoldirdi.
Baffer o‘z vaqtida Mayk Taysonning janglarini e’lon qilib, anchagina mashhurlikka erishgan. Hozirda faqatgina eng yirik asosiy janglarda anonser sifatida ish olib boradi.
Bektemir Meliqo‘ziev va Gabriel Rosado jangi oldidan yuzma-yuz keldi (video)
Fikrlar