
Meksika-2011 qahramonlaridan biri "Andijon" yig‘iniga qo‘shildi
O‘tgan mavsumni "Metallurg" safida o‘tkazgan hujumchi Bobur Davlatov faoliyatini Pro-Liga klubida davom ettirishi mumkin.
"Andijon" klubi matbuot xizmatining tarqatgan xabariga ko‘ra, futbolchi bugun "burgutlar" yig‘iniga borib qo‘shilgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Bobur yangi mavsumni andijonliklar safida boshlaydi.
Ma’lumot uchun Davlatov 2021 yilgi mavsumda 3ta o‘yinda maydonga tushgan. U faoliyati davomida "Mash’al", "Aktobe", "Rubin", "Lokomotiv" va "Nasaf" kabi nomdor jamoalar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar