
Mbappening yagona goli Frantsiyaga 3 ochko taqdim etdi
"Evro-2024" saralashidan o‘rin olgan Frantsiya - Gretsiya to‘qnashuvida frantsuzlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdagi yagona golni Mbappe 55-daqiqada penaltidan urdi. Qolgan vaqtda darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Frantsiya 3 ochkoni qo‘lga kiritib, "B" guruhida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar