
Mbappega nima bo‘ldi?
“Real” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening atrofidagi yaqinlari futbolchi ruhiy muammolardan aziyat chekayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq, Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham muayyan sabablarga ko‘ra, o‘z tashabbusi bilan 25 yoshli to‘purarni navbatdagi yig‘inga jalb etmaganini ma’lum qilgandi.
- Buni qanday atasangiz atang, leking Kilianda bir necha oydan beri ruhiy muammolar kuzatilmoqda. Ular besabab paydo bo‘lmaydi. Mbappega bu muammolardan qutilish uchun vaqt va mutaxassislar yordami kerak.
Deshamning gaplarini haqiqat, deb bo‘lmaydi. Vaziyat ancha murakkab. Mbappeni terma jamoaga jalb qilmaslik bu faqatgina murabbiyning qarori ekanini aytish yolg‘on.
Eng muhimi Kilian Mbappe yana futbol o‘ynab, undan bahra olishni boshlashiga erishish kerak, - dedi Mbappening nomi sir qolishini istagan yaqini L’Équipe jurnalistlari bilan suhbatda.
Fikrlar