Mbappega ko‘z tekkan

  • 29 noyabr, 2024, 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining sobiq yulduzi Emmanuel Peti hozirgi avlod orasida eng mashhuri Kilian Mbappening “Real”dagi omadsizligini o‘ziga xos tarzda tushuntirib berdi.

Tecno

- Kilianga ko‘z tekkan, deb hisoblayman. Men bunaqa narsalarga ishonaman. Boshqalar bunga ishonmasligi mumkin.

O‘z gapimga javob bera olishimni bilganim uchun ham shunday deyapman. Men ishongan juda ko‘p narsalar bor. G‘arb odamlari bunaqa narsalarga ishonmaydi. Chunki bu ularning madaniyati yot. Men unday emasman, - dedi Emmanuel Peti.

Ma’lumki, Kilian Mbappe yozda PSJdan erkin agent maqomida “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. Madridga kelganidan beri o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.

Bor e’tiborini “Real”da o‘z o‘rnini topishga qaratgan 25 yoshli hujumchi Frantsiya terma jamoasi yig‘inlariga bormayapti. Garchi bosh murabbiy Dide Desham buni kelishilgan xatti-harakatlar ekanini aytayotgan bo‘lsa-da, Mbappe katta bosim va tanqidga duchor bo‘lyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
29/11/2024 15:55
Исирик солинглар Адмен