Mbappedan zo‘r deyilayotgan Vinisius “Real”dan ketadimi?

  • 18 may, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum Vinisius Junior “Real”ning haqiqiy etakchisiga aylandi. Braziliyalik o‘yinchining harakatlari klub rahbariyatiga ma’qul kelmoqda.

Tecno

Yaqinda “Real” mutasaddilari Kilian Mbappe transferini amalga oshirishga shoshilmasligi, ular Vinisius Juniorni frantsiyalik to‘purardan kuchli, deb bilishi va tarkibni aynan uning atrofida shakllantirishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Shunga qaramay, Vinisius Madriddan ketishi haqidagi xabarlar ham chiqa boshladi. Chunki hujumchining sharinomasi yakunlanishiga bir yil qoldi va tomonlar yangi kelishuv borasida bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Vaziyatga 22 yoshli futbolchining agenti oydinlik kiritdi.

- Menimcha, hozirning o‘zida Vinisius “Real”da 15 yil yoki undan ham uzoqroq qolishi ehtimoli yuqori. Chunki u klub tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘ymoqchi, - dedi Vinisiusning manfaatlarini himoya qilayotgan agent.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!