
Mbappedan zo‘r 9 ta futbolchi bor ekan!
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) futbolchilarning o‘yinini baholashga ixtisoslashgan maxsus statistik uslub yordamida eng qimmat o‘yinchilar reytingini tuzib chiqdi.
Birinchi o‘rindan to‘purarlik rekordlarini urib tashlagan Erling Xoland joy oldi. Biroq, yangicha hsiob-kitob yangi avlod vakillari orasida eng zo‘ri sifatida e’tirof etib kelingan Kilian Mbappedan qimmat ijrochilar borligini ko‘rsatdi.
Reyting bilan tanishing:
Erling Xoland (“Manchester Siti”) - 245,1 mln evro
Vinisius Junior (“Real” Madrid) - 196,3 mln evro
Bukayo Saka (“Arsenal”) - 195,8 mln evro
Jud Bellingem (“Borussiya” Dortmund) - 190,2 mln evro
Rodrigo Goes (“Real” Madrid) - 184,5 mln evro
Pedri (“Barselona”) - 178,0 mln evro
Gavi (“Barselona”) - 174,1 mln evro
Jamol Musiala (“Bavariya”) - 170,2 mln evro
Fil Foden (“Manchester Siti”) - 166,8 mln evro
Kilian Mbappe (PSJ) - 163,2 mln evro.
Fikrlar